Bosh sahifa Hosting Yangiliklar Yordam Qoidalar To'lov
Kirish Ro'yxatdan o't

Foydalanish Qoidalari

Sayt va hosting xizmatlaridan foydalanish shartlari.

1. Hostingda taqiqlanadi:

  • 1.1. O'zbekiston Respublikasi va MDH qonunchiligiga zid materiallarni joylashtirish.
  • 1.2. Noto'g'ri sozlangan yoki xatoli skriptlarni ishga tushirish.
  • 1.3. Resurslarni haddan tashqari sarflovchi skriptlar (Spam/Flood) ishlatish.
  • 1.4. Mualliflik huquqini buzuvchi materiallar (Crack, keygen, nulled).
  • 1.5. Istalgan usulda Spam xabarlar tarqatish.
  • 1.6. DDoS/DoS hujumlarini amalga oshirish.
  • 1.7. Soxta (Fake) saytlar va sahifalar yaratish.
  • 1.8. Pornografik va erotik xarakterdagi materiallar joylashtirish.

2. Mijoz majburiyatlari:

  • 2.1. Ushbu qoidalarga qat'iy rioya qilish.
  • 2.2. Xizmatlar uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirish.
  • 2.3. O'zi haqida faqat to'g'ri ma'lumotlarni kiritish.
  • 2.4. Hisob sotilganda ma'muriyatni ogohlantirish.

3. Mijoz huquqlari:

  • 3.1. To'liq hajmda xizmatlarni qabul qilish.
  • 3.2. Murojaat qilingan kundan boshlab 24 soat ichida texnik yordam olish.
  • 3.3. Istalgan vaqtda xizmatdan voz kechish (foydalanilgan davr uchun pul qaytarilmaydi).

4. Ma'muriyat majburiyatlari:

  • 4.1. Qoidalar o'zgarganda foydalanuvchilarni ogohlantirish.
  • 4.2. Server va uskunalarning uzluksiz ishlashini ta'minlash.
  • 4.3. Maxfiylikni saqlash, mijoz ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik (huquq-tartibot organlari so'rovi bundan mustasno).
  • 4.4. To'lanmagan hisoblarni 7 kun saqlash.

5. Ma'muriyat huquqlari:

  • 5.1. Sabablarni tushuntirmasdan xizmat ko'rsatishni rad etish.
  • 5.2. Qoidalarni buzgan foydalanuvchi hisobini ogohlantirishsiz va nusxa (backup) bermasdan bloklash.
  • 5.3. Noqonuniy harakatlar aniqlanganda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish.
Diqqat! Qoidalarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi! Saytdan ro'yxatdan o'tish orqali siz avtomatik ravishda ushbu qoidalarga rozilik bildirasiz.